| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi96 marta oʻqildi

Toshkent shahar hokimligi 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantiradi

Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy soni yana 1000 oʻringa koʻpaytiriladi.

Toshkent shahar hokimligi 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bogʻliq vaziyat muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Yigʻilishda Prezident Respublika maxsus komissiyasiga bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish koʻrsatmasi berildi. Ushbu shtablar vaziyatni real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻradi.

Prezident Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qildi

Shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar koʻpaytirish vazifasi yuklatildi.

Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 oʻringa koʻpaytirish topshirigʻi berildi.

Poytaxtimizda dori-darmon yetkazilishi va narxi barqarorligini taʼminlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va koll-sentrlar ishini samarali tashkil etish, COVID-19 bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, kasallar uchun qoʻshimcha oʻrinlar tashkil etish, shuningdek, karantin hududlaridagi shaxslarni uy karantiniga bosqichma-bosqich oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi, zarur choralar belgilandi.

Aholidan murojaatlar soni keskin ortib borayotganini hisobga olib, koll-sentrlar aloqa vositalari va operatorlari sonini kamida ikki barobarga oshirish lozimligi taʼkidlandi.

Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qoʻyildi.

Hozirgi sinovli vaziyatda kundalik ehtiyoj mollari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli boʻlishi, narxlari asossiz oshib ketmasligi juda muhim. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga bu masalani qatʼiy nazorat qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Pandemiyaga qarshi kurashish, karantin qoidalariga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlashning ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qilinayotgan kundalik ishlarni xolis va tezkor yoritish muhimligi taʼkidlandi.

Koronavirus kasalligini davolash bilan bogʻliq barcha jarayonlarga, jumladan, Toshkent shahridagi ishlarga masʼullar biriktirildi.

– Yana bir bor taʼkidlayman. Ayni paytda butun dunyo, shu jumladan, biz ham koʻrinmas dushman bilan chin maʼnoda urush olib boryapmiz. Bu virusning barcha xavf va xatarini toʻgʻri baholab, har tomonlama tayyorgarlik koʻrib kurashsak, uni albatta yengamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ