Tanzilla Norboyeva: Qoraqalpogʻistonda infratuzilmani rivojlantirish uchun 21 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilgan
Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida bir qancha dolzarb masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, majlisda Senat Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpogʻiston tarixida boʻlmagan yangilik – hudud aholisining hayot darajasini koʻtarish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadlariga 21 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilgani haqida gapirib oʻtdi.

Bugun, 20 noyabr kuni boʻlib oʻtayotgan Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida bir qator masalalar koʻrib chiqilmoqda.
Xususan, maxsus iqtisodiy zonalarning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan choralar, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish, mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, koʻchki xavfi mavjud togʻ va togʻoldi hududlarida joylashgan aholi punktlari va iqtisodiy obʼyektlar xavfsizligini taʼminlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama etiladi.
Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida Forish tumanidagi tugʻuruqxona qachon ishga tushirilishi haqida Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov maʼlumot berdi.
«Forish tumanida 13 milliard soʻmga tugʻuruqxona qurib bitkazildi. Biroq hozircha tibbiy va texnik uskunalar oʻrnatilmagani bois ushbu muassasaning ochilishi 2021 yilga moʻljallangan», dedi vazir oʻrinbosari.
Yalpi majlisda Senat Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizdagi tizimli islohotlar izchillik bilan davom etayotganiga urgʻu berdi:
«Yaqinda davlatimiz rahbarining Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlariga oid farmoni tom maʼnoda Uchinchi Renessans poydevoriga asos soldi.
Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasini kelgusi uch yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlariga doir yaqinda qabul qilingan qarori qoraqalpoq diyorining ravnaqiga xizmat qilishi shubhasiz.
Xususan, qaror bilan hudud aholisining hayot darajasini koʻtarish, respublika iqtisodiyoti, ijtimoiy sohalar va infratuzilmani rivojlantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadlariga 21 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilgani — Qoraqalpogʻiston tarixida boʻlmagan yangilikdir».
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

