“Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Qonunchilikda koʻzda tutilmagan yangi qoidalar — yurtimizda yoshidan qatʼiy nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari qonun bilan mustahkamlanyapti.

19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Kun tartibidagi dastlabki masala — yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining ikkinchi oʻqishdagi muhokamasi boʻldi. Deputatlar 5-6 may kunlari boʻlib oʻtgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan edilar. Muhokama davomida bir necha moddalar yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida toʻxtalib oʻtishga kelishgan edi.
Shundan soʻng masʼul qoʻmita barcha fraksiyalar, deputatlardan tushgan taklif va mulohazalarni jamlab, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida qonun loyihasi ustidagi ishlarni davom ettirdi.
Xususan, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning oʻrniga 54 ta yangi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi.
Eʼtiborlisi, qonun loyihasiga inklyuziv taʼlim tushunchasi ham singdirildi. Bu esa, har bir bolaning taʼlim olishdagi teng huquqliligini taʼminlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda koʻzda tutilmagan yangi qoidalar — yurtimizda yoshidan qatʼiy nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlanyapti.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

