| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi737 marta oʻqildi

«Cotton Campaign» koalitsiyasi bilan tizimli hamkorlikni tashkil etish boʻyicha idoralararo Ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2019 yil 30 dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligida «Cotton Campaign» koalitsiyasi, AQShning huquqni himoya qilish tashkilotlari va tegishli tarmoq uyushmalari bilan doimiy va tizimli oʻzaro munosabatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo Ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi yoritildi. Ushbu hamkorlik natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan Oʻzbekistonning majburiy mehnatga barham berish sohasidagi ulkan yutuqlari eʼtirof etilmoqda.

Yigʻilishning barcha ishtirokchilari xalqaro nodavlat va huquqni himoya qilish tashkilotlari, «Cotton Campaign» koolitsiyasi, tegishli tarmoq uyushmalari va boshqa birlashmalar bilan oʻzaro munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish zarurligini bir ovozdan qoʻllab-quvvatladilar, shu jumladan ushbu masala yuzasidan muntazam qoʻshma yigʻilishlar, seminar va konferensiyalar oʻtkazish yoʻli bilan.

Shuningdek, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari borasida Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash hamda koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada takomillashtirish boʻyicha Yoʻl haritasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik va idoralar rahbarlariga 2019 yilgi paxta terimi doirasidagi har bir qonun buzilish holati puxta koʻrib chiqilishi, ularga huquqiy baho berilishi hamda qonunchilik talablariga muvofiq tegishli mansabdor shaxslarni javobgarlikga tortish choralarini koʻrilishi borasida topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kelajakda bunday qonun buzilishi holatlari yuzaga kelishini oldini olish boʻyicha barqaror mexanizmlarni va bu borada keng jamoatchilik hamda xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarni kuchaytirish choralarini ishlab chiqish lozimligi koʻratib oʻtildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ