| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi418 marta oʻqildi

Sholichilik klasterlari tashkil etiladi

“Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Sholichilik klasterlari tashkil etiladi

“Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori (986-son, 12.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan boshlab sholichilik klasterlari tashkil etiladi.

Bunda, klasterlar birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan barqaror, zarur infratuzilma obʼyektlari, mol-mulk va boshqa vositalarga ega boʻlgan mahalliy investorlar tomonidan tashkil etiladi.

Klasterlar sholi yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni taʼminlaydi.

Sholichilik klasterlariga belgilangan tartibda 30 yildan 50 yilgacha muddatga yer ajratiladi.

Klasterlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi Farmonida, 22 avgustdagi va 4 apreldagi qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Qaror bilan “Oʻzbeksholichilik” uyushmasi tashkil etildi va uyushmaning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, uyushma respublikada sholi yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻradi, mahsulotni sotish bozorini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlari olib boradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ