Shavkat Mirziyoyev: Taʼlim qashshoqlikni 60-70 foizga kamaytirishi mumkin (+video)
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida viloyatda kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini koʻpaytirish masalalariga alohida toʻxtaldi.

26 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida boʻlib, keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Shundan soʻng, Namangan shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Namangan viloyatida kambagʻallikni qisqartirish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qamrab olish va aholi daromadlarini koʻpaytirish boʻyicha hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.
“Nima biz kambagʻal odamni oyoqqa turgʻizi, munosib yashash sharoitlarini yaratmaymi? Kambagʻalchilikni qisqartirishning eng katta zamini maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oliy taʼlim sohasida yaxshi bilim bersak, kambagʻallik bilan bogʻliq muammolarni 60-70 foizga hal qilib boʻlamiz. Nega men 11-sinfdan boshlab bolalarni oʻqitaylik, hayotda toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishingiz kerak deb aytaman. Ular asta-sekin hozirgi bozor iqtisodiyotiga tayyor boʻlishadi. Islohotni shunday zanjiri borki, qoʻshimcha qiymat bilan, ishchi joy bilan, odamlarni rozi qilish bilan Namanganga pul tushadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

