Shavkat Mirziyoyev sudlarga Prezident talabini qoʻydi
Sud tizimida eskilik sarqiti boʻlgan “nazorat tartibida ishlarni koʻrish” amaliyotidan toʻliq voz kechiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 iyun kuni odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Qancha fuqarodan asossiz ayblov olib tashlangani ochiqlandi
2018-2019 yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192 ta jinoyat ishi boʻyicha 307 nafar shaxs oqlangan boʻlsa-da, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmagan. Shu bois tergov jarayonidagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib oʻtirmasdan, oʻz tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozimligi qayd etildi.
– Sud binosiga kelgan har bir inson Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi! – deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.
Biroq, joriy yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi yoki 44 foizida sudlarda ishlar toʻliq va xolis koʻrilmayotgani, uzoq muddat choʻzilayotgani bildirilgan.
Yana bir misol, 2019 yilda iqtisodiy sudlarda apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrilgan ishlarning 2,5 mingdan ortigʻi, yaʼni 44 foizi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan. Bu har ikki shikoyatdan biri boʻyicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda oʻzgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson boʻlayotganidan dalolat beradi.
Mutasaddilarga ilgʻor tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud – bir instansiya” tamoyili asosida qayta koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.
Sud tizimida eskilik sarqiti boʻlgan, oʻz nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga toʻgʻri kelmaydigan “nazorat tartibida ishlarni koʻrish” amaliyotidan toʻliq voz kechiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

