Shavkat Mirziyoyev: Kerak boʻlsa, maxsus samolyot ajratib, kislorod konsentratorlarini Oʻzbekistonga olib kiramiz
Chet davlatlarda oʻpka yalligʻlangan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qoʻliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar” toʻgʻrisida Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
Yigʻilishda pandemiya davrida har bir bemorni davolash uchun kislorodga ehtiyoj keskin ortadi. Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Toshkent shaxar 1-son klinik shifoxonasi, Respublika birinchi va ikkinchi son klinik kasalxonasida hamda barcha yangi ochilayotgan “provizor” shifoxonalarida 1 000 dan ortiq kislorod oʻtkazadigan nuqtalar sonini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Toshkent shahri xokimligi, Ichki ishlar vazirligi hamda har bir tuman hokimi oʻz hududida joylashgan tibbiyot muassasalarini doimiy asosda kislorod bilan toʻldirib borishga shaxsan masʼulligi belgilandi.
Chet davlatlarda oʻpka yalligʻlangan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qoʻliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda. Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkazish topshirigʻi berildi.
Buning uchun, agar kerak boʻlsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini Oʻzbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari koʻrilishi lozimligi qayd etildi.
Bemorlarni davolash uchun zarur dori-darmon vositalari zaxiralarini yaratish maqsadida qoʻshimcha ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyati xokimliklari tegishlicha 20 milliard va 10 milliard soʻm mablagʻlarni “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasiga aylanma mablagʻ sifatida ajratishi belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

