| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi109 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto)

Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Talabalar shaharchasi hududida olim va pedagoglar uchun qurib, jihozlangan holda foydalanishga topshirilgan uylarni borib koʻrdi.

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto)

Bundan bir yil oldin, 2019 yil 24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Milliy universitetida oliy taʼlim va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgan edi. Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratib, ular uchun koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergandi.

Shavkat Mirziyoyev Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib koʻrdi (foto)

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasi hududida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi. Devorlari energiya tejovchi materiallar bilan qoplangan. Xonadonlarga alohida isitish moslamalari oʻrnatilgan. Hovlilarida bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari bugun mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

- Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak boʻlsin! Oʻzim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman. Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini soʻramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qoʻlida kelajagimiz boʻlgan bolalarimiz tarbiyalanadi. Oʻqituvchilar uyli boʻlib, oilasidan koʻngli toʻq boʻlsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi. Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda toʻylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam boʻlmadi, deb yursin, – deya ezgu niyatlar bildirdi Prezident.

Fotogalereya 6

  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 1-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 2-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 3-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 4-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 5-surat, jami 6 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto) — 6-surat, jami 6 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ