| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi105 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto)

Markazda 600 ta koyka boʻladi. Ambulator va statsionar tartibda 200 dan ortiq tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi.

Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qurilishini borib koʻrdi.

Markaz oʻz nomi bilan koʻp tarmoqli. Bu yerda jarrohlik, reanimatsiya, koʻz mikroxirurgiyasi, umumiy terapiya, nefrologiya, pulmonologiya, gepatologiya, allergologiya, kardiologiya, qon-tomir jarrohligi, kardio-reanimatsiya, stomatologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlimlar boʻladi. Tibbiy xizmatlar xalqaro standartlar asosida kompleks tarzda koʻrsatiladi.

- Bunday, hamma yoʻnalishni qamrab olgan klinikani boshqarish tajribasi bizda yoʻq. Shuning uchun bu yerni boshqarishni tajribali xorijlik menejerlarga berish, ularni hozirdan jalb etib, qurilish va jihozlash boʻyicha takliflarini olish zarur, - dedi davlat rahbari.

Markazda 600 ta koyka boʻladi. Ambulator va statsionar tartibda 200 dan ortiq tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi. Yiliga 3000 dan ziyod, jumladan, aorta-koronar shuntlash, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish mumkin boʻladi.

Prezident Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda quriladigan klinikalarni ushbu markaz bilan bogʻlash muhimligini taʼkidladi.

- Bemorlar uchun eng azoblisi - yoʻl. Uzoq hududlardagi kasallarga masofadan tashxis qoʻyish va davolashni tashkil etib, xalqimizni shu qiyinchilikdan xalos qilish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Markaz faoliyatini tashkil etishda xalqaro aloqalarga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, chet ellik shifokorlar ishga olinishi moʻljallangan.

Bu yerda 250 nafar shifokor, 500 nafar oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Malakali kadrlar tayyorlash maqsadida taʼlim–amaliyot–ilm-fan integratsiyasiga keng oʻrin beriladi.

Xalq tilida «eski ToshMI» deb yuritiladigan hududda qurilayotgan ushbu zamonaviy shifoxonani kelgusi yil dekabrda foydalanishga topshirish moʻljallangan.

Fotogalereya 16

  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 1-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 2-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 3-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 4-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 5-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 6-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 7-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 8-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 9-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 10-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 11-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 12-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 13-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 14-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 15-surat, jami 16 ta
  • Shavkat Mirziyoyev «Eski ToshMI» oʻrnida qurilayotgan  Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazini borib koʻrdi (+foto) — 16-surat, jami 16 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ