Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentining taklifiga koʻra 23-24 iyun kunlari Moskva shahrida boʻladi. 24 iyun kuni Oʻzbekiston davlat rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.
Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

