| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi73 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto)

“Nomaʼlum askar” yodgorligi Ikkinchi jahon urushi oʻchoqlarida Vatan himoyasi yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan oʻzbek oʻgʻlonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan.

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi davomida Moskva shahrining Aleksandr bogʻidagi “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyev Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanada ishtirok etdi (foto)

Umumbashariy ahamiyatga ega ushbu majmua Ikkinchi jahon urushi oʻchoqlarida Vatan himoyasi yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan oʻzbek oʻgʻlonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan. “Isming nomaʼlum, jasorating barhayot” yozuvi bitilgan mazkur yodgorlik ajdodlarning koʻrsatgan qahramonligi va jasoratining ramziy ifodasidir.

Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston sarhadlaridan olisda kechgan boʻlsa-da, uning suronli taʼsiri, iztiroblari hech bir oʻzbek xonadonini chetlab oʻtgan emas. Xalqimiz fashizm ustidan erishilgan gʻalabani taʼminlashga buyuk hissa qoʻshgan. Respublikamizdan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilib, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Urush oʻchogʻiga aylangan oʻlkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Saxovatli va tanti elimiz ularga oʻz uyidan joy berib, soʻnggi burda nonini ham baham koʻrgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev insoniyat tinchligi uchun jon fido qilgan vatanparvar insonlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

1966-1967 yillarda barpo etilgan mazkur majmuada abadiy olov alangalanib turadi. Unga Rossiya Federatsiyasining madaniy merosi obʼyekti maqomi berilgan.

Fotogalereya 7

  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 1-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 2-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 3-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 4-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 5-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 6-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gul qoʻydi (foto) — 7-surat, jami 7 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ