| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi198 marta oʻqildi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida nimalar koʻriladi?

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 11 may kuniga belgilandi. Yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta Qonun koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida nimalar koʻriladi?

Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini joriy yil 11 may kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta Qonun koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

  • “Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi;

  • “Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi;

  • “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi;

  • “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;

  • “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ