“Salomatlik” ordeni va “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etiladi
“Salomatlik” ordeni hamda “Sogʻlom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida “Salomatlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi hamda “Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari muhokama etildi.
Ushbu orden ikki darajadan iborat boʻlib, I darajali “Salomatlik” ordeni bilan tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshganlar taqdirlanadi. II darajali orden bilan esa aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va bartaraf etishda faol ishtirok etgan shaxslar mukofotlanadi.
Xuddi shuningdek, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targʻib qilish, jismoniy tarbiya va badantarbiyani kundalik turmush tarziga aylantirib, jamoatchilikka shaxsiy namuna boʻlayotgan hamyurtlarimiz xizmatlari eʼtirof etish maqsadida “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etilmoqda.
“Salomatlik” ordeni hamda “Sogʻlom turmush” medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Toʻrtinchi yalpi majlis kun tartibidagi mazkur qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

