2020 yilning 1 yanvardan boshlab qoʻriqlanadigan yuklar uchun yigʻim miqdori oshiriladi
2020 yilning 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida eng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak boʻlgan yuklarni qoʻriqlash bilan bogʻliq xarajatlari oshiriladi

Moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryoʻl transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida eng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak boʻlgan yuklarni qoʻriqlash bilan bogʻliq xarajatlari oshishi munosabati bilan yigʻim miqdori quyidagicha belgilangan:
- Qoʻriqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritilgan va TexPDga koʻra toʻlov bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy, eksport va import tovarlarga 1 vagon-km va konteyner-km (QQS tashqari) uchun – 414 soʻm;
- Qoʻriqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali toʻlov bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1 vagon-km va konteyner-km (QQS bilan birga) uchun – 0,11 AQSh dollar.
Shunday qilib, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak boʻlgan vagonlar soni 1 tadan 5 tagacha boʻlsa, yigʻish stavkasi – 414 soʻm/vagon-km (QQSdan tashqari) tashkil etadi. Vagonlar soni 5 tadan ortiq boʻlsa – 394 soʻm/vagon-km (QQSdan tashqari) boʻladi. Agar qoʻriqlanadigan vagonlar soni, yalpi ogʻirligi, 3 tn, 5 tn, 20 tn, 40 tn boʻlsa, yigʻish stavkasi – 414 soʻm/ kont-km (QQSdantashqari) tashkil etadi.
Oʻzbekiston temir yoʻllari
Axborot-tahliliy media markazi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

