Rossiyaga Oʻzbekistonning asosiy hoʻl meva mahsulotlariga 10%li stavka joriy etiladi
Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, hujjatga muvofiq 10%li stavka boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi.

Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, hujjatga muvofiq 10%li stavka boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxati kengaytirildi.
Oʻzbekistonning asosiy hoʻl meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, oʻrik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxoʻri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20%li QQS oʻrniga 10%li stavka joriy etiladi.
Shuningdek, oʻzgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya boʻyicha 20%li QQS saqlanib qolindi.
Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

