| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi570 marta oʻqildi

"Propiska" toʻgʻrisidagi qonunga muhim oʻzgartishlar kiritildi

Fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati yaratilmoqda.

"Propiska" toʻgʻrisidagi qonunga muhim oʻzgartishlar kiritildi

Senatning toʻrtinchi yalpi majlisda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdi. Mazkur Qonunda tizimni isloh qilishga qaratilgan yangiliklar nazarda tutilmoqda.

Toshkent shahriga doimiy propiskaga qoʻyish toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Xususan, “doimiy propiska” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlariga almashtirilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yoʻqotish boʻyicha qoidalar bekor qilinmoqda.

Yana bir jihat, Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar hamda davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari belgilangan tartibda doimiy propiska qilingandan soʻng, ular boshqa ishga oʻtishi yoki lavozimdan ozod etilishi yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatdan chiqarilishga olib kelishiga oid qoida chiqarib tashlanmoqda.

“Propiska” umuman isteʼmoldan chiqariladi, cheklovlar esa bekor boʻladi

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining maʼlumotnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolariga doimiy roʻyxatga turish boʻyicha yangi band kiritilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining poytaxtda doimiy roʻyxatga olish tartib-taomillari liberallashtiriladi. Eng muhimi, er-xotinga ular nikohdan oʻtgan kunning oʻzida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga qoʻyish huquqini berishi munosabati bilan oila mustahkamligini taʼminlanishiga zamin yaratadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ