| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 652 marta oʻqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kiritildi

Parlamentimiz aʼzolari uchun yilning oxiri mamlakatning iqtisodiy modelini yanada isloh qilishga qaratilgan moliyaviy hujjatlarga boy boʻldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kiritildi

Parlamentimiz aʼzolari uchun yilning oxiri mamlakatning iqtisodiy modelini yanada isloh qilishga qaratilgan moliyaviy hujjatlarga boy boʻldi.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida” gi qonundan keyin Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasi qoʻrib chiqish uchun parlamentning quyi palatasiga taqdim etildi.

Loyihaga masʼul etib Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi belgilandi. Kodeks loyihasini takomillashtirish boʻyicha ishlarga parlament quyi palatasi huzuridagi Davlat byudjeti boshqarmasi mutaxassislari ham jalb qilindi.

Loyihani birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlash ishlariga masʼul qoʻmita huzurida deputatlar, ekspertlar, hukumat va Davlat soliq qoʻmitasi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi va uning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan hujjatga aylanishi kerak. Loyihaga solish masalalarini, shu jumladan soliq stavkalarini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari qoidalari ham kiritilgan. Hujjatda amaldagi Soliq kodeksining umumiy (soliq maʼmuriyatchili masalalari) va maxsus (soliqlarni hisoblash va toʻlashning asosiy qoidalari) qismlarga boʻlinishini koʻzda tutadigan tuzilish saqlab qolingan.

Loyihada sakkizta yoʻnalish, shu jumladan umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar va soliq standartlari, boshqa mamlakatlar tajribasini hisobga olgan ilgʻor va sinab koʻrilgan usullar, shuningdek mahalliy va xalqaro ekspertlarning xulosalari hisobga olingan. Qoʻshimcha qiymat soligʻi va uni hisoblashdagi yangiliklarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yigʻilish davomida soliq qonunchiligidagi yangiliklar jonli munozara shaklida muhokama etildi. Qoʻmitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlik birlashmalari tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi boʻyicha katta hajmdagi ishlar turibti. Chunki, uning har bir moddasi ortida xalq manfaati, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini, umuman mamlakatni yanada rivojlantirish maqsadi yotadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ