Prezident huzurida Xorijiy investorlar kengashi tuzildi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashi tuzildi. Kengash Prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.
Ilgʻor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Hukumatga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga koʻmaklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Kengash tarkibi Oʻzbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.
Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Shuningdek, qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda Kengashning Oʻzbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

