Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oliy darajadagi tashrif arafasida ikki mamlakatning koʻp sonli kompaniya va banklari ishtirokida oʻtgan misli koʻrilmagan darajadagi biznes forumning yuqori natijalari yuksak baholandi.
Uchrashuvda investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif davomida soliq sohasi va bojxona ishi boʻyicha imzolanayotgan ikki tomonlama bitimlar ahamiyati qayd etilib, bu uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishi taʼkidlandi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va moliya tizimini isloh etishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

