| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi965 marta oʻqildi

Davlatimiz rahbari Nagoya merini qabul qildi

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, taʼlim, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

2020 yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv soʻngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi oʻrtasida Sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ