| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 879 marta oʻqildi

2020 yilda qoʻshimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari koʻchirildi — Prezident farmoni

2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi prezident farmoni eʼlon qilindi.

2020 yilda qoʻshimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari koʻchirildi — Prezident farmoni

2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi prezident farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, 2020 yilda 23 mart, dushanba — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanmoqda. Byudjet tashkilotlarida bu qoʻshimcha dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

2020 yilda quyidagi dam olish kunlari koʻchiriladi:
4 yanvar, shanba — 2 yanvar, payshanbaga;
29 avgust, shanba — 31 avgust, dushanbaga.

Hujjat bilan, 2020 yil 2 yanvar payshanba va 2020 yil 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kuni hisoblanishi belgilab qoʻyilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Uzbekistan Airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yoʻnalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etish yuklatildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ