| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi214 marta oʻqildi

Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto)

Prezident Qashqadaryoga tashrifi davomida Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Tashrif chogʻida “Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning eʼtiborini sezishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga koʻp yillar davomida yigʻilib qolgan muammolar yechimini topish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga turtki berish, shu boradagi yangi vazifalarni belgilash maqsadida tashrif buyurdi.

Davlat xizmatlari markazida 140 turdagi xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Yuqori tezlikda internet, zamonaviy texnikalar fuqarolarga tez, shaffof va qulay davlat xizmatlarini taqdim etishga moʻljallangan. Joriy yil fevralda foydalanishga topshirilgan ushbu muassasada shu paytga qadar 300 mingdan ziyod davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Shundan 2 mingga yaqini filiallar orqali, mingga yaqini esa sayyor tarzda amalga oshirildi. Markaz binosida Prezidentning Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham joylashgan.

Davlat rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, xizmatlar koʻlami bilan qiziqdi. Odamlar talabidan kelib chiqib, yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish, mahallalar bilan onlayn bogʻlanib, aholiga qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Bunday markazlarda koʻrsatilayotgan xizmatlardan odamlarning xabardorligini oshirib, keng foydalanishga oʻrgatish muhimligini taʼkidladi.

- Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning eʼtiborini sezishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumki, hududlarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki filiallari tashkil etilib, soha mutaxassislariga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda.

Qarshi shahrida barpo etilgan IT-texnoparkda ham veb-dizaynerlar, dasturchilar va robototexniklar oʻz faoliyatini boshlagan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslari tashkil etilgani natijasida axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlarga keng imkoniyat yaratildi. Ilk natijalar ham qoʻlga kiritilmoqda.

Jumladan, eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “mGovAward” tanlovida qashqadaryolik yoshlardan tuzilgan jamoa gʻolib boʻldi. Ular yaratgan chet tillarini masofaviy oʻqitish mobil ilovasini takomillashtirish uchun 500 million soʻm mukofot puli ajratildi.

Prezident ushbu yosh dasturchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi maqsadlarini soʻradi. Ularning loyihani yanada rivojlantirish, yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish rejalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

- Har bir hududning oʻziga xos imkoniyatlari, dolzarb muammolari bor. IT-parklar shulardan kelib chiqib, dasturiy mahsulotlar yaratishi kerak. Masalan, Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, chorvachilikni, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoit bor. Shu sohalarda resurslarni tejash, foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-parklar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Fotogalereya 17

  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 1-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 2-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 3-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 4-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 5-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 6-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 7-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 8-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 9-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 10-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 11-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 12-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 13-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 14-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 15-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 16-surat, jami 17 ta
  • Prezident: Qashqadaryoda melioratsiya, kartoshkachilik, uzumchilik ogʻir ahvolda, shu sohalarda foydali ish koeffitsentini oshirish uchun innovatsion loyihalar zarur (foto) — 17-surat, jami 17 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ