| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 302 marta oʻqildi

Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi

Qonunda Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi vakolatlari aniq belgilandi.

Shuningdek, Qonunga Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, ushbu huquqni amalga oshirish tartibi alohida modda sifatida kiritildi.

Qonun bilan Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish va koʻrib chiqish tartibi belgilab berildi.

Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Prezidenti va Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi masalalariga oid normalar kiritildi.

Shu bilan birga, Qonunga Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid alohida bob kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ