Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish boʻyicha topshiriq berdi
16 iyun kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Bosh vazir oʻrinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha topshiriq berildi. Shuningdek, Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida oʻqituvchilar yetishmasligi masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun 100 million dollardan ziyodroq mablagʻ ajratiladi
Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yilgi bitiruvchilarni oʻqish va ishga jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy taʼlim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga oʻqishga kirganda ham, boshqalarining bandligini taʼminlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy oʻquv yurtlarini bitirdi.
– Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh oʻgʻil-qizlarimiz ertaga qayerga va kimga ish soʻrab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish oʻrinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qoʻydi davlat rahbari.
Masalan, Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming nafar talaba pedagogika yoʻnalishlarini bitirmoqda. Ayni paytda Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida oʻqituvchilar yetishmaydi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari shu bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ishga yoʻnaltirishga yordam berishi kerakligi taʼkidlandi. Bosh vazir oʻrinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish, ular uchun boshlangʻich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

