Bank kartalarining banklar tomonidan bloklanishi boʻyicha Markaziy bank maʼlum qiladi
Fuqarolar tomonidan ularning bank kartalari banklar tomonidan bloklanganligi boʻyicha (qonun hujjatlari talablariga muvofiq) bildirilgan eʼtirozlar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan Markaziy bank quyidagilarni maʼlum qiladi.

Fuqarolar tomonidan ularning bank kartalari banklar tomonidan bloklanganligi boʻyicha (qonun hujjatlari talablariga muvofiq) bildirilgan eʼtirozlar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan Markaziy bank quyidagilarni maʼlum qiladi.
Banklar tomonidan fuqarolarga ularning bank kartalari boʻyicha hisobvaraqlari bloklanganligi yoki xatlanganligi yoxud ushbu hisobvaraqlar orqali amaliyotlar oʻtkazilishi toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmasligi, mijozlarga depozit xizmatlari koʻrsatishdagi insofsiz bank amaliyotlarining elementi hisoblanadi.
Markaziy bank nuqtai nazariga koʻra, har bir omonatchi (bank kartasi egasi) bank tomonidan depozit xizmatlarini koʻrsatish shartlari oʻzgarganligi, shu jumladan depozit hisobvaragʻi bloklanganligi yoki xatlanganligi sababli bank unga oʻz vaqtida xabarnoma yetkazishini umid qilishga haqlidir. Bank esa oʻz navbatida, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni etik xulq-atvor normalarga amal qilgan holda olib borishi hamda ularning hisobvaraqlari bilan bogʻliq amallar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishlari lozim.
Shunga koʻra, joriy yilning 26 oktyabr kuni Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan qonun hujjatiga kiritiladigan oʻzgartirishlar tasdiqlandi. Unga koʻra, bank tomonidan mijozning bank hisobvaragʻi va (yoki) bank omonati, shu jumladan, bank kartalari boʻyicha (bank kartalaridan foydalanayotgan paytda “PIN-kod”ni notoʻgʻri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar toʻxtatib qoʻyilganda, amaliyot toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq yoki omonat egasiga uning hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma yuborishi shart.
Hozirgi paytda mazkur oʻzgartirishlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yoʻllangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

