| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 755 marta oʻqildi

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, rasmiy marosimdan keyin boʻlib oʻtgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng koʻlamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.

Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilgʻor tajribasi, ayniqsa taʼlim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston saʼy-harakati taʼkidlandi.

Taʼkidlanishicha, qirolicha taʼlim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlangʻich sinflardan ingliz tilini oʻrgatishni joriy etish borasidagi Oʻzbekiston saʼy-harakatlarini yuqori baholagan va oʻzaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qoʻllab-quvvatlagan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ