Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga subsidiyalar beriladi
“Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

“Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–4567-son, 17.01.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yilda yangi tutzorlar uchun ajratiladigan yer maydonlari belgilandi.
Jumladan, joriy yilning I choragida yangi tutzorlar uchun respublika boʻyicha jami 4 985 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qaror bilan 2020–2024 yillarda respublika hududlarida meliorativ obʼyektlar atrofida va qishloq xoʻjaligi yerlarida hosildorlikni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish prognoz parametrlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, belgilangan yillarda jami 12 ming gektardan ziyod maydonda ihota tutzorlari barpo qilinadi.
Shuningdek, 2020–2025 yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Shunga asosan, joriy yilda respublika boʻyicha jami 21 ming tonna pilla yetishtirish nazarda tutilgan.
2020 yil 1 fevraldan boshlab:
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etgan holda yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 millon soʻmgacha;
maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million soʻmgacha subsidiya taqdim etiladi.
Bundan tashqari, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” MChJlariga tegishli tutzorlar tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

