Oʻzbekistonda soʻnggi oʻn kun ichida oʻrta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangan
Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelingan.

3 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Prezident mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga toʻxtalib oʻtdi. Soʻnggi oʻn kunda oʻrta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka oʻrin yoʻqligini taʼkidladi.
Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning koʻpchiligida kasallik topilgan. Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda.
“Qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish shartligi yana bir bor aytib oʻtildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

