Oʻzbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻona yuqoriladi
“Qonun ustuvorligi” indeksi boʻyicha navbatdagi 2020 uchun hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-oʻrinni egalladi.

“World Justice Project” xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksi boʻyicha navbatdagi 2020 uchun hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qonun ustuvorligi” indeksining Tartib va xavfsizlik koʻrsatkichida yillar davomida ijobiy natija koʻrsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-oʻrin). 2020 yilda mamlakatning eng katta oʻzgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi koʻrsatkichida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-oʻrin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-oʻrin).

“Qonun ustuvorligi” indeksining tarkibiy koʻrsatkichlari boʻyicha respublikamizning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ijobiy oʻzgarish qayd etdi:

“Qonun ustuvorligi” indeksi 0 (eng past) dan 1 (eng baland) ballgacha boʻlgan shkalada baholanib, ularga tegishli reyting beradi. Indeksda davlatlar asosiy 8 omil boʻyicha tahlil qilinib hamda 44 ta sub-koʻrsatkichga boʻlingan: hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaning yoʻqligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, buyruq va xavfsizlik, normativ qoida, fuqarolik odil sudlovi hamda jinoiy odil sudlov. Mazkur indeks, “World Justice Project” tashkiloti tomonidan umulashtirilgan “General Population Poll” (GPP) va “Qualified Respondents’ Questionnaires” (QRQs) katta hajmli savollardan iborat soʻrovnomalariga asoslangan holda baholanadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida soʻrovnoma Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida oʻtkaziladi.
Izoh: Kosovo va Gambiya davlatlari 2020 yilgi hisobotiga kiritilganligi sababli umumiy mamlakatlar soni 128 taga yetdi. Natijada, Oʻzbekiston umumiy reytingda 4 pogʻonaga yuqorilagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

