Oʻzbekiston harbiylari Qizil maydonda chiqish qildi (+video)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tantanali paradi Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari Shokir Xairov boshchiligida boʻlib oʻtdi.

Moskvadagi Qizil maydonda boʻlib oʻtgan Gʻalaba kuni paradida Oʻzbekiston, Armaniston, Tojikiston, Belarusiya, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Serbiya, Turkmaniston, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning harbiylari ishtirok etdi.
Paradda mustaqil Oʻzbekiston harbiylari birinchi marta ishtirok etdi. Kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda taʼkidlaganidek, bu bizning umumiy tariximiz, umumiy gʻalabamizdir. Xalqlarimiz koʻrsatgan jasorat barchamiz uchun cheksiz gʻurur manbai boʻlib xizmat qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

