Oʻzbekiston elektron hukumatlar reytingida 87-oʻrinni egalladi
Ikki yilda bir marta nashr etiladigan soʻrov natijalarida taʼkidlanishicha, infratuzilmaning sekin rivojlanishiga qaramay, Oʻzbekistonda onlayn xizmatlar koʻrsatish yaxshilandi.

Oʻzbekiston elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi buyicha dunyo mamlakatlari reytingida 6 pogʻona pastladi. BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi boʻyicha yangi soʻrovida (UN E-Government Survey, PDF) Oʻzbekiston 193 davlat orasida 87-oʻrinni egalladi.
Ikki yilda bir marta nashr etiladigan soʻrov natijalarida taʼkidlanishicha, infratuzilmaning sekin rivojlanishiga qaramay, Oʻzbekistonda onlayn xizmatlar koʻrsatish yaxshilandi.
Oʻzbekistonning elektron hukumatning rivojlanish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) 0,66 ni (2018 yilda — 0,62) tashkil etdi, bu dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,60 ga yuqoridir. Ushbu reytingi peshqadami — Daniyaning koʻrsatkichi — 0,97. Osiyo mamlakatlari orasida peshqadam Janubiy Koreya — 0,95. Qozogʻiston esa Markaziy Osiyo mintaqasida peshqadamga aylangan — 0,83 (2018 yilda — 0,75).
EGDI uchta kichik indeksdan iborat: telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi, inson kapitali indeksi va onlayn xizmatlar indeksi. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkichlar mos ravishda 0,47, 0,74 va 0,78 ni tashkil etdi.
Sharhning ikkinchi asosiy koʻrsatkichi — Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI) boʻyicha Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini 15 punktga yaxshiladi va 59-oʻrindan 46-oʻringa koʻtarildi. 0.80 indeksiga ega boʻlgan Oʻzbekiston EPI darajasi yuqori boʻlgan davlatlar guruhiga kirdi.
Elektron hukumatning rivojlanish darajasi sharhi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta eʼlon qilinadi. Bu BMTga aʼzo barcha davlatlar elektron hukumatlarining rivojlanish darajasini baholaydigan yagona global hisobotdir.
Elektron hukumat chekka yoki nochor jamoalarda yashovchi aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro aloqa qilish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, ularga xizmatlarni taqdim etishda yordam beradi. Elektron hukumat nafaqat xizmatlarni taqdim etishda, balki raqamli savodxonlikni, raqamli integratsiyani, raqamli kirish va raqamli identifikatsiyani kuchaytirishda ham muhim rol oʻynaydi.
Elektron hukumatni rivojlantirishda mamlakatlar resurslarining cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yoʻqligi va imkoniyatlarning yetarli emasligi kabi muammolarga duch kelishadi.
Hisobotda aytilishicha, COVID-19 pandemiyasi elektron hukumatlarning rolini kuchaytirdi. Chunki ijtimoiy masofani saqlash interaktiv taʼsirning kuchayishiga olib keladi va buning natijasida raqamli xizmatlar keng rivojlanmoqda. Elektron hukumat platformalaridan, shuningdek, inqirozlardan innovatsion usullar bilan chiqib ketishda ham foydalanish mumkin.
Masofaviy faoliyat zarur hisoblanganda, elektron hukumat vositalari hayotiy ahamiyatga ega boʻladi. Kuchli va umumbashariy elektron hukumat tizimlariga ega boʻlgan davlatlar aniq va tegishli maʼlumotlarni jamoatchilikka, mahalliy hokimiyat organlari va sogʻliqni saqlash muassasalariga taqdim eta olishdi. Shuningdek, rivojlangan elektron hukumatlar xizmat koʻrsatuvchi provayderlar bilan hamkorlikda notoʻgʻri maʼlumotlar tarqalishini kamaytirish va kiberxavfsizlik, maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash kabi imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha Sobiq Ittifoq mamlakatlarining reytingi
Mamlakat | Pozitsiyasi |
Kozogʻiston | 29 |
Rossiya | 36 |
Belarus | 40 |
Gruziya | 65 |
Armaniston | 68 |
Ukraina | 69 |
Ozarbayjon | 70 |
Moldaviya | 79 |
Qirgʻiziston | 83 |
Oʻzbekiston | 87 |
Tojikiston | 133 |
Turkmaniston | 158 |
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

