Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Britaniya delegatsiyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 23 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida London (Buyuk Britaniya)dagi PRISM tahlil markazi katta tahlilchisi T.Folmer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida London (Buyuk Britaniya)dagi PRISM tahlil markazi katta tahlilchisi T.Folmer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar chogʻida tomonlar bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, mamlakatning jahon sahnasida yangilangan tashqi siyosati, hamkorlikni yanada rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari borasida batafsil toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz navbatida, Britaniya tomoni Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan soʻnggi oʻzgarishlar va islohotlar juda muhim va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Xakimov mehmonlarga Markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar haqida maʼlumot berdi. Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) va jahon savdo tashkiloti (JST) doirasidagi integratsiya jarayonlarining taʼsirini va batafsil tahlilini baholash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
T. Vollmer ushbu tadqiqotlarga alohida qiziqish bildirdi. Jumladan, britaniyalik tahlilchi YeOIIga aʼzo boʻlish Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday ijobiy va salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini soʻradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda markaz mutaxassislari Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlarini baholash, shuningdek, savdo siyosatidagi oʻzgarishlarning Oʻzbekiston va alohida tarmoqlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga taʼsirini oʻrganmoqda.
"Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishi oʻzbek mahsulotlarining Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi toʻsiqlarni va eksport bilan bogʻliq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. YeOIIni kengaytirish, ushbu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarini yaratish Oʻzbekiston eksportini ushbu mamlakatlar bozoriga chiqishiga koʻmaklashishi mumkin", - deydi O. Xakimov.
Shu bilan birga, u YeOIIga aʼzo boʻlish ichki bozorning yanada ochiqligini talab qiladi, bu yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilar Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashadi. Shu bois, asosiy masala ichki biznesning raqobatbardoshligini mustahkamlashdir.
Shuni taʼkidlash kerakki, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari oʻz tadqiqotlarida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan omillar, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni ham hisobga olishadi. Xususan, tegishli vazirlik va idoralari bilan koʻplab sohalarda tahlillar olib borilmoqda.
Muzokaralar yakunida 2020 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot dasturi asosida tomonlar oʻrtasida yanada yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

