Soʻrovda qatnashing - Oʻzbekistondagi biznes muhitni yaxshilashga yordam bering
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekistonda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tadbirkorlar orasida anonim tarzda soʻrov oʻtkazmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekistonda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tadbirkorlar orasida anonim tarzda soʻrov oʻtkazmoqda.
Ushbu soʻrovdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin: https://forms.gle/LVS1hHbfgNoe43Nv6.
Anonim tarzda oʻtkazilayotgan soʻrovning asosiy maqsadi tadbirkorlarning oʻz faoliyatida toʻqnashayotgan muammolarni aniqlashdan iborat.
Soʻrov natijalari xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinadi. Olingan maʼlumotlar orqali hamda soʻrovda ishtirok etgan har bir befarq boʻlmagan tadbirkorning faolligi tufayli hududlarda biznes muhitni yaxshilash va Oʻzbekistonga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilini ragʻbatlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi.
Soʻrov, birinchi navbatda, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, biznesni rivojlantirish manfaatlarida oʻtkaziladi.
Anonimlik kafolatlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

