Qozogʻistonda chorva eksporti taqiqlandi
Qozogʻistonda chorva eksporti taqiqlandi. Bu haqda Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligiga tayanib Tengrinews xabar berdi.

Qozogʻistonda chorva eksporti taqiqlandi. Bu haqda Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligiga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, chorvaning qayta ishlash va qayta sotish uchun ommaviy eksport qilinishi goʻsht mahsulotlariga narx oshishiga olib kelgan. Bundan tashqari, yuzaga kelgan vaziyat Qozogʻistonda goʻshtni qayta ishlovchi korxonalar va mol boqish maydonchalari kamayishiga olib kelgan.
Umumiy hisobda bu korxonalar 2019 yilda oʻz quvvatining yarmigagina ishlagan. Bunga asosiy sabab esa chorva eksporti yuqori boʻlgan vaziyatda xom ashyo taqchilligi hisoblanadi.
2019 yilda Qozogʻistondan 156 ming bosh yirik qoramol olib chiqilgan. Undan aksariyati – 121,6 ming boshi yoki 78 foizi Oʻzbekistonga, yana 14 foizi Armanistonga olib chiqilgan.
Shuningdek, Qozogʻistondan oʻtgan yil 264 ming bosh qoʻy olib chiqilgan. Uning asosiy xaridori ham Oʻzbekiston hisoblanadi. Oʻzbekistonga 200 mingdan koʻproq qoʻy olib chiqilgan. Shuningdek, Rossiya Qozogʻistondan 21,5 ming, Ozarbayjon 18 ming, Eron 12 ming bosh qoʻy sotib olgan.
Shu munosabat bilan yem-xashak va goʻsht zavodlarining murojaatlari asosida 2019 yil 21 oktyabrdagi «Qishloq xoʻjalik hayvonlarini eksport qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi Qishloq va moliya vazirliklarining qoʻshma buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Mazkur buyruq shu vaqtgacha faqat naslchilik zotini eksport qilishni vaqtincha cheklagan edi.
Tegishli hujjat loyihasi tarmoq ekspert tashkilotlari va viloyat hokimiyatlari bilan ijobiy kelishilgan, «Atameken» ilmiy-tadqiqot birlashmasi tomonidan ijobiy xulosa olingan. Hozirgi vaqtda manfaatdor davlat organlari bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

