| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 307 marta oʻqildi

Xorijga ishga ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Memorandumlar imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi PF-5785-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida 2019 yilning 28 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Mehnat vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ hamda “Mikrokreditbank” ATB oʻrtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Uch tomonlama hamkorlik munosabatlarini nazarda tutuvchi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mikroqarzlar taqdim etish boʻyicha hamkorlik memorandumi”ga koʻra vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda ishga joylashish xarajatlarini qoplash maqsadida bir yil muddatga 2 million soʻm miqdorida mikroqarzlar taqdim etiladi.

Bunda mikroqarzlarni rasmiylashtirish jarayoni bir bank kunida amalga oshirilib, buning uchun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.

Mikroqarzlarning yillik foizi 2019-2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz etib belgilangan.

Mazkur kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labour-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga beriladi.

Shuningdek, Mehnat vazirligi va “Oʻzagrosugʻurta” AJ oʻrtasida “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sogʻligʻi sohasida hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Ushbu hujjat bilan fuqarolarning chet elda vaqtincha ishlashi davrida ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash sugʻurta mukofoti miqdorini qoplash uchun 50 ming soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi.

Ushbu sugʻurta mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur memorandumlarda koʻrsatilgan vazifalarning amaliyotga tatbiq etilishi xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning xavfsizligini taʼminlash, hayoti, sogʻligʻini asrash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ