| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 179 marta oʻqildi

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga ketayotgan oʻzbekistonliklarga murojaat qiladi

Singapurga borayotgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga ketayotgan oʻzbekistonliklarga murojaat qiladi

Singapurga borayotgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

Oʻzbekistonning Singapur Respublikasidagi Elchixonasi mazkur mamlakat TIVga tayangan holda maʼlum qiladiki, Singapur Immigratsiya va nazorat-oʻtish punktlari xizmati 2019 yil 14 avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan oʻtkazmoqda.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxslar tomonidan mamlakatga kelishlaridan avval oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishlari bilan bogʻliq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021 yilgacha amaldagi hujjatlarni qogʻoz shaklida toʻldirish tizimi oʻrnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishlaridan oldin 14 kun ichida zarur shaklni toʻldirishlari mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi oʻrnatilgan davlatalarning fuqarolari uchun viza olish bilan bogʻliq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi Elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ