| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 392 marta oʻqildi

Soliq kodeksi loyihasida “lozim darajada ehtiyotkorlik” tushunchasi kiritilmoqda. Bu nimani anglatadi?

Hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi qizgʻin muhokama etilmoqda.

Soliq kodeksi loyihasida “lozim darajada ehtiyotkorlik” tushunchasi kiritilmoqda. Bu nimani anglatadi?

Hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi qizgʻin muhokama etilmoqda.

Shu vaqtga qadar amaliyotda tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanmaydigan yetkazib beruvchilardan olingan hisob-fakturalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish holatlari uchramoqda. Yaʼni qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmaganlar korxonalar tomonidan soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirilmoqda.

Misol uchun, “A” korxona tomonidan 2019 yilning sentyabr oyi uchun taqdim etilgan QQS hisobotlarida QQS toʻlovchisi boʻlmagan va guvohnomaga ega boʻlmagan “B” korxonadan xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha 29,3 mln. soʻmlik QQS summasini hisobga olinganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijasida “A” korxona tomonidan asossiz hisobga olingan QQS summasini chiqarib tashlagan holda qayta hisobot taqdim etilgan.

Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida soliq munosabatlarida soliq toʻlovchilar tomonidan kontragentlarni tanlash chogʻida “lozim darajada ehtiyotkorlik” tushunchasi qoʻshilmoqda.

Unga koʻra, soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi tomonidan lozim darajada ehtiyotkorlik qilinmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida eʼtirof etilmaydi.

Kontragentlarni tanlashda coliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganligini tekshirish, ishlab chiqarish bazasini oʻrganish, moliyaviy holatini tekshirish talab etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ