Adliya vazirligi kengashi qanday apellyasiyalarni koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining 9.10.2019 yildagi 856-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyasiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2019 yildagi 856-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyasiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilgan va intellektual mulk obʼyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyasiyalarni koʻrib chiquvchi Adliya vazirligi Apellyasiya kengashini tashkil etish nazarda tutilgan edi.
Apellyasiya kengashi quyidagilarni koʻrib chiqadi:
birinchidan, Agentlik talabnomasida koʻrsatilgan quyidagilarga:
sanoat mulki obʼyektlari;
seleksiya yutuqlari;
integral mikrosxemalar topologiyalari;
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellyasiyalarni;
ikkinchidan, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning:
sanoat mulki obʼyektlariga patent berilishi;
seleksiya yutuqlariga patent berilishi;
integral mikrosxemalar topologiyalarining roʻyxatdan oʻtkazilishi;
sanoat mulki obʼyektlariga va seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligi;
tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishining amal qilishi yuzasidan apellyasiyalarini;
uchinchidan, quyidagilarning:
integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning;
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishi tugatilishi yuzasidan apellyasiyalarini;
toʻrtinchidan, tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilishi bekor qilinishi yuzasidan apellyasiyalarni.
Shuningdek, Apellyasiya kengashi Oʻzbekistonda hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi.
Apellyasiya kengashi tarkibi rais, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari va kotibdan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga vazirlik va Agentlikning malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Bunda Adliya vazirligi va Agentlikning Kengash tarkibidagi xodimlari soni umumiy aʼzolari sonining 30%idan oshmasligi lozim. Kotib Kengashda ishlarni yuritadi, biroq qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas. Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, u apellyasiya va arizalarni qabul qiladi, majlislarni tashkiliy taʼminlaydi, Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha zarur materiallarni tayyorlaydi, manfaatdor shaxslarga uning qarorlarini yuboradi, shuningdek hujjatlar but saqlanishini taʼminlaydi.
Kengash majlisi zaruriyatga koʻra rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi va aʼzolarining umumiy sonining 2/3 aʼzosi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Majlisda apellyasiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashishga haqlidirlar. Ular majlis boʻlishidan kamida 10 kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Intellektual mulk obʼyektiga huquqiy muhofaza berish toʻgʻrisidagi talabnomani koʻrib chiqishda va uning boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etgan Kengash aʼzolari majlisda qatnashishi mumkin emas.
Kengashning tashabbusiga koʻra yoki manfaatdor shaxslar iltimosnomasi bilan majlisning audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin, ishtirokchilar bu haqda ogohlantiriladi. Qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar zarur boʻlgan taqdirda ular Kengash belgilagan muddatlarda manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak. Zarur hollarda Kengash majlisi toʻxtatib turilishi va boshqa kunga koʻchirilishi yoki qisman yoxud butunlay toʻxtatilishi mumkin.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengash quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyasiyani yoki arizani qanoatlantirish;
apellyasiyani yoki arizani qisman qanoatlantirish;
apellyasiyani yoki arizani qanoatlantirishni rad etish.
Kengashning qarori apellyasiya yoki ariza mohiyatini koʻrib chiqish tugagandan soʻng kengash aʼzolarining yopiq yigʻilishi natijasi boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengash aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Kengash raisi eng oxirida ovoz beradi. Kengashning qarori Adliya vazirligining muhri bilan tasdiqlanadi.
Kengash qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin. Qaror 10 ish kuni mobaynida apellyasiya yoki ariza bergan shaxslarga, boshqa manfaatdor shaxslarga Agentlik tomonidan yuboriladi, uning rasmiy nashrida va veb-saytida eʼlon qilinadi.
Apellyasiya kengashida ishlar koʻrib chiqilganligi uchun patent bojlari undiriladi, ular Agentlikning hisob raqamlariga toʻlanadi. Apellyasiya kengashi aʼzolari - jalb qilingan mustaqil olimlar va mutaxassislar xizmatlariga ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

