Plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi
“Koʻchmas mulk obʼyekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

“Koʻchmas mulk obʼyekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (987-son, 12.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, plastik shaklda tayyorlanadigan koʻchmas mulk obʼyekti kadastr pasportining yangi namunasi:
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulk obʼyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obʼyektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

