Issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiyalar ajratiladi
20 maydan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 baravardan 30 baravargacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

“Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 maydan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha.
qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

