Hamid Nayrobodiy: Eron va Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng toʻgʻri yoʻl
Eronning Oʻzbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Elchining soʻzlariga koʻra, Eron va Oʻzbekiston turizm boʻyicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida turadi. Tarixiy va nodir meros sayyohlarni muntazam jalb etish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.
“Bu borada ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng toʻgʻri yoʻl deb oʻylayman. Men shuni tarafdoriman. Bundan tashqari turli biznes-tadbirlar, jumladan videokonferensiya shaklidagi muloqotlar tashkillashtirish orqali tadbirkorlarni yanada yaqinlashtirishimiz mumkin. Texnik-muhandislik xizmatlari, tibbiyot va yangi texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Men oʻz missiyam davomida ana shu rejalarni hayotga toʻliq tadbiq eta olsam, bundan xursand boʻlardim”, dedi Hamid Nayrobodiy “Dunyo” AAga bergan intervyusida.
Diplomat Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, boj toʻlovlarini kamaytirish va bojxona toʻsiqlarini olib tashlash tomon harakat qilish kerak. Shuningdek, transport loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

