Geodeziya va kartografiya faoliyatiga litsenziya olish soddalashtirildi
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (21.11.2019 yildagi 927-son VMQga qarang).

Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (21.11.2019 yildagi 927-son VMQga qarang).
Birinchidan, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning tegishli maʼlumotlarga ega boʻlgan shtatdagi xodimlariga nisbatan litsenziya talablariga tuzatishlar kiritildi. Endi litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha ularning eng kam staji uch yil emas, ikki yilni tashkil qiladi. Eslatib oʻtamiz, litsenziat shtatida kamida bitta shunday xodim boʻlishi lozim.
Ikkinchidan, litsenziyani rasmiylashtirishning yakuniy bosqichi muddati qisqartirildi. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin avvalgidek uch kun muddatda emas, balki bir kun ichida litsenziya beriladi. Litsenziyalash tartib-taomili 5 bosqichdan iborat boʻlib, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda ularni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga topshirishdan boshlanadi.
Uchinchidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining vakolatlari jumlasidan litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlarni rejadan tashqari tekshirish chiqarib tashlandi. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadagi tekshiruvlarni amalga oshirishga haqlidir.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 yanvardan tadbirkorlik subʼyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan, yuridik shaxslar tugatilayotganida, shuningdek, qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno (5.10.2016 yildagi PF-4848-son Farmonga qarang).
Manba: norma.uz
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

