| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Gʻalla oʻrilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish boʻyicha topshiriq berildi

16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda oʻrim-yigʻimni har yilgiga nisbatan ertaroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, buning uchun ishni toʻgʻri tashkil qilib, hosilni qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish zarurligi taʼkidlandi.

Gʻalla oʻrilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish boʻyicha topshiriq berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda tegishli rahbarlar jam boʻlganidan foydalanib, gʻalla hosili oʻrim-yigʻimiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Bahor oylarida yogʻingarchilik yaxshi boʻlgani, pandemiya sharoitiga qaramay moddiy-texnika resurslari, mineral oʻgʻitlar qoʻshimchasi bilan yetkazib berilgani uchun moʻl hosil yetishtirilgani qayd etildi.

Oʻrim-yigʻimni har yilgiga nisbatan ertaroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, buning uchun ishni toʻgʻri tashkil qilib, hosilni qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, gʻalla oʻrilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ