| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 586 marta oʻqildi

YeI Oʻzbekistonga JSTga qoʻshilish uchun 5 million yevro grant ajratadi

2019 yilning 11 noyabr kuni Bryussel shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot boʻyicha Bosh direktori Koen Doens “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi” va “Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast fondiga Yevropa Ittifoqining taraqqiyot hissasi” texnik yordam loyihalarini moliyalashtirish toʻgʻrisida bitimlarni imzoladilar.

Respublikaning JSTga qoʻshilishi uchun ajratiladigan grant mablagʻlari hajmi 5 million yevroni tashkil etadi. Loyiha ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonida, shu jumladan zarur hujjatlarni tayyorlash, oʻzbekistonlik mutaxassislarning JST kelishuvlari va xalqaro savdo tizimiga oid bilimlarini oshirishda Oʻzbekistonga koʻmaklashishni nazarda tutadi.

Koʻp sheriklik trast fondi loyihasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlar (5,2 million yevro) fondning Orol dengizi mintaqasidagi loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ