| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 765 marta oʻqildi

Evropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi boʻyicha komissari bilan uchrashuv

2019 yilning 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi boʻyicha Komissari Fil Hogan bilan uchrashdi.

Evropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi boʻyicha komissari bilan uchrashuv

2019 yilning 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi boʻyicha Komissari Fil Hogan bilan uchrashdi.

Muzokaralar chogʻida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, xususan, qishloq xoʻjaligi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatga Yevropa biznesi va sarmoyasini keng jalb qilish uchun koʻproq imkoniyatlar ochayotgani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan tarif va tarifsiz toʻsiqlarni bartaraf etish, standartlashtirishning Yevropa tizimlarini kiritish, sertifikatlash va sifatni boshqarish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonga “GSP+” tizimi doirasida 6 mingdan ortiq tovarlarni boj toʻlovisiz Yevropa Ittifoqi hududiga olib kirishga yordam berishda tayyorligi uchun Yevropa tomoniga minnatdorchilik bildirildi.

Oʻzbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bozorlariga keng turdagi eksport tovarlarini, shu jumladan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni oshirishga tayyorligini qayd etdi.

Shuningdek, agrar sohadagi istiqbolli qoʻshma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ