| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes4 daqiqada oʻqiladi1 963 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining oraliq sessiyasi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda tashkil etilgan oraliq sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining oraliq sessiyasi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda tashkil etilgan oraliq sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, YeTTBning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchisi B.Balvanera, YeTTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Drakinos, shuningdek Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Markaziy bank rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada shuningdek British American Tobacco (Buyuk Britaniya), JP Morgan Chase (AQSh), CNPC (Xitoy), KNOC (Janubiy Koreya), «Lukoyl» (Rossiya), Knauf (Germaniya), Carlsberg (Daniya), Posco Daewoo (Janubiy Koreya) va boshqa shu kabi Oʻzbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar rahbarlari ham qatnashdilar. Bundan tashqari, Ernst&Young, KPMG, Deloitte, Pricewaterhouse Coopers, Dentons kabi xalqaro konsalting agentliklari ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildilar.

Xorijiy investorlar kengashining asosiy vazifasi qulay investitsiya muhitini yaratishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etishdan iboratdir.

Sessiya ochiq munozara shaklida oʻtib, unda investorlar va davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro faoliyatni takomillashtirish, xususiylashtirish jarayonining qulay va zarur huquqiy, tartibga soluvchi va institutsional asoslarini yaratish, baholash faoliyati va korporativ qonunchilik metodologiyasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirni ochgan sessiya rahbari S. Umurzakov oʻzaro ishonch muhitida qurilgan hamda innovatsiyaviy gʻoyalarni tatbiq qilish va istiqbolli biznes-tashabbuslarni amalga oshirishga imkon beruvchi sogʻlom va shaffof ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning muhimligi, bu esa oʻz navbatida jahondagi investitsiyalar oqimida Oʻzbekistonning oʻrnini mustahkamlash uchun olib borilayotgan shiddatli xalqaro raqobatli kurash sharoitida salmoqli ustunlikka ega boʻlish imkonini berishini taʼkidladi.

U hukumat nomidan qonunchilik bazasini takomillashtirish, ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni olib tashlash va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha izchil ishlarni davom ettirish niyati qatʼiyligini bildirdi.U, shuningdek, sessiya ishtirokchilarini bank-moliya sektori islohoti, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish va aktivlarni baholashning xolis usullarini joriy qilish kabi masalalarga eʼtibor qaratishga chaqirib, bu iqtisodiy oʻzgarishlarning ushbu bosqichida Oʻzbekistonning iqtisodiy jozibadorligini sezilarli darajada oshirish, investitsiyalarning qoʻshimcha hajmlarini jalb qilish, va, umuman olganda, mamlakatning iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini yaxshilash imkonini berishini taʼkidladi.

Shuningdek, sessiya davomida YeTTB vakillari va maslahatchilari soʻzga chiqib, mamlakatda olib borilayotgan oʻzgarishlarning dadil va joʻshqinligini yuqori baholashdi va jahondagi bevosita investitsiyalar hajmi soʻnggi uch yil mobaynida qisqarayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyo mamlakatlarida investitsiyaviy faollikning ijobiy oʻsish tendensiyasi mavjudligini taʼkidlab oʻtishdi.

YeTTB maslahatchisi G.Kvirikashvili oʻz chiqishida Kengashning kelgusi faoliyati istiqbollari, yaʼni uning tuzilishi xorijiy investorlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish va ishlab chiqishga moʻljallangan ochiq platformaga aylantirilishi borasidagi oʻz qarashlari bilan oʻrtoqlashdi. Keyinchalik esa, kelib tushayotgan talablarning oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, Kengash Kotibiyatining bevosita muvofiqlashtirishi yordamida muayyan holatlarni oʻrganish va yechim ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuzib boriladi. Ushbu format Kengash faoliyatining amaliy ahamiyatini sezilarli tarzda oshirish imkonini beradi.

Sessiya davomida shuningdek Kengash aʼzolari boʻlgan xorijiy tadbirkorlar ham soʻzga chiqib, ushbu tuzilishning nafaqat mamlakat miqyosidagi, balki Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishdagi oʻzining shaxsiy ishtiroki nuqtai nazaridan kelib chiqqandagi roli haqidagi oʻz fikrlari bilan ham oʻrtoqlashishdi.

Tadbir doirasida kun tartibiga taalluqli boʻlgan bir qator amaliy takliflar ham ilgari surildi va koʻrib chiqildi. Xususan, oʻzbek qonunchiligiga "xolding kompaniyasi" degan taʼrif, "toʻgʻri soliqqa tortish" degan tushuncha, aksiyalarning turli sinflari va korporativ huquqning umumjahon amaliyotida koʻp tarqalgan boshqa konsepsiyalarini kiritish hamda investorlarga korporativ siyosatni belgilashda katta egiluvchanlikni taqdim qilish taklifi ilgari surildi.

Tijorat banklarini ulardagi aksiyalarning nazorat paketlarini manfaatdor investorlarga sotish orqali jadal surʼatda xususiylashtirish, shuningdek banklarning joriy faoliyatini bank tizimini raqamlashtirish hamda ilgʻor mahsulot va amaliyotlarni joriy qilish orqali optimallashtirishning istiqbolliligi toʻgʻrisida yakdil qarash ishlab chiqildi.

Xorijiy tijorat tashkilotlari filiallarini taʼsis etish va ularning faoliyatini yuritishning huquqiy asosini ishlab chiqish, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar haqidagi toʻliq axborotni aks ettiruvchi va har bir kompaniyaning u tashkil etilgandan boshlab amalga oshirgan faoliyatini retrospektiv jihatdan tahlil qilish imkonini beruvchi yagona elektron reyestrni yaratish zarurati ham muhokama qilindi. Yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari ilgari surilgan tashabbuslar ustida faol ish olib borishga qiziqish bildirishdi.

Tadbir natijasida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida umumiy qiymati 246,1 million AQSh dollari teng quyidagi loyihalar boʻyicha kredit shartnomalari imzolandi:

- Navoiy IESdan Besopanda joylashgan 220 kV elektr uzatish tarmogʻini ulash/uzish punktigacha 177 km uzunlikdagi 500 kV gabaritdagi 220 kV elektr liniyasini qurish (kredit summasi 96,1 mln. AQSh dollari, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ijroiya agentligi);

- Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri kanalizatsiya tizimlarini qayta taʼmirlash va qurilish ishlari (kredit miqdori 60,0, ijro etuvchi agentlik - Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi);

- Xorazm viloyati Urgench, Xiva va Pitnak shaharlari kanalizatsiya tizimlarining qayta taʼmirlash va qurilish ishlari (kredit miqdori 90,0, ijro etuvchi agentlik - Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ