BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega boʻladi
2020 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega boʻladi.

2020 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega boʻladi.
Prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi “2019 yil 18 martdagi “BAA fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5691-sonli Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonida (№5897) shu haqida soʻz yuritiladi.
Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, BAA investorlari uchun mamlakatimizning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Farmonga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, 1-bandga quyidagi mazmunda oʻzgartirish kiritildi: “2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin. Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar”.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

