| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 089 marta oʻqildi

Davlat byudjeti: 2020 yilda kutilayotgan prognozlar

Oliy Majlis Senati yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida Bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2020 yilda soliq islohotlarini davom ettirish bilan birga byudjet siyosatida ham jiddiy oʻzgarishlar nazarda tutilayotganini qayd etdi.

Davlat byudjeti: 2020 yilda kutilayotgan prognozlar

Oliy Majlis Senati yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida Bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2020 yilda soliq islohotlarini davom ettirish bilan birga byudjet siyosatida ham jiddiy oʻzgarishlar nazarda tutilayotganini qayd etdi.

Davlat korxonalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 12 foizgacha kamaytiriladi. Bundan koʻzlangan maqsad – teng raqobat muhitini yaratishdir.

2020 yildan boshlab foyda soligʻi stavkasi 12 foizdan
15 foizgacha oshiriladi. Buning sababi – bir tomondan, davlat byudjeti yoʻqotishlarini qisman qoplash boʻlsa, ikkinchi tomondan esa ishlovchilarga ish haqini foyda orqali berilishining oldini olishdir.

2020 yilda yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 12 foiz, kichik korxonalar tovar aylanmasidan undiriladigan soliq esa 4 foiz miqdorida saqlanib qolinadi.

Byudjet-soliq siyosati boʻyicha taklif etilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda 2020 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 2020 yilda 159 trln. soʻm yoki YaIMga nisbatan 24,3 foiz darajasida (2019 yilda – 146,7 trln. soʻm yoki YaIMga nisbatan 28 foiz) prognoz qilinmoqda.

2020 yil uchun Davlat byudjetining jami xarajatlari 131,1 trln. soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.

Taʼkidlash joizki, davlat byudjeti xarajatlarining
53 foizini yoki 69,7 trln. soʻm ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar tashkil etadi (Aksariyat davlatlarda bu koʻrsatkich 35-40 foiz).

Investitsiya dasturi asosida ijtimoiy soha obʼyektlariga qilinadigan kapital xarajatlarni (5,7 trln. soʻm) hisobga olgan holda ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablagʻlar ulushi 55 foizga yetadi va oʻtgan yilga nisbatan 24,2 foizga oʻsadi.

“2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida Davlat byudjeti daromadlari 128 trln. 460 mlrd. soʻm, xarajatlari esa 131 trln. 104 mlrd. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foiz miqdorida taqchillik bilan prognoz qilinmoqda.

Majlisda “2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilinishi jarayonida bunday hujjat ilk bor ishlab chiqilgani qayd qilib oʻtildi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ