Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklar uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Belgilangan tartibga koʻra, subsidiya oluvchi tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Tuman komissiyasi arizani koʻrib chiqib, subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.

12 may kuni “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Prezidentning qarori bilan 2020-2022 yillarda davlat tomonidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, parrandachilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.
Hukumat qarori bilan ushbu subsidiyalarni ajratish tartibi belgilandi, tegishli nizomlar tasdiqlandi.

Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi
Qaror bilan shuningdek, chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Belgilangan tartibga koʻra, subsidiya oluvchi tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.
Tuman komissiyasi arizani koʻrib chiqib, subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.
Subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda bu haqda subsidiya oluvchi xulosa qabul qilingan kuni xabardor qilinadi.
Tuman komissiyasi tomonidan ariza nusxasi, unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosa viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.
Viloyat komissiyasi oʻz navbatidan hujjatlarni 2 ish kunida "Oʻzbekchorvanasl" agentligiga yuboradi.
Agentlik tomonidan hujjatlar koʻrib chiqiladi va subsidiya mablagʻlari subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

